Kulolchilik🧵 Milliy hunarmandchilik & An’anaviy san’at

Bu sahifada

3/10/2026

Kulolchilik

Kulolchilik mahsulotlari tayyorlanadi. Loy qancha koʻp pishitilsa, sopolning sifati shuncha yaxshi boʻladi. Kulolchilikda asosiy qurol kulollik charxi, usta unda idishlar tayyorlaydi va ularga shakl beradi. Tayyorlangan idishlar quritilib, xumdonda qizdiriladi. Idishlarning turlariga koʻra, xumdonlar ham turlicha (katta-kichik) boʻlishi mumkin. Sirlanadigan idishlar sirlanganidan soʻng yana bir bor xumdonda qizdiriladi. Odatda, kulollar maʼlum idishlar ishlab chiqarishga boʻyicha ixtisoslashgan boʻladilar (masalan kosagar, koʻzagar, koshinpaz, tandirchi va boshqalar).

Batafsil o'qish

Ko‘hna ark saroyi

📜 Tarix & Meros

Ko‘hna ark saroyi

Ko‘hna ark saroyi – Xivaning qadimiy qal’asi bo‘lib, Ichan-qal’adagi xon saroylaridan biridir. Qal’aning paydo bo‘lish tarixi Xiva shahri tarixi bilan chambarchas bog‘likdir. Ayrim tarixiy manbalarda qal’a va shahar qurilishi bir paytda boshlangan deb ko‘rsatilgan. Biroq Ark hududida hozir faqat XIX asrga oid bir necha bino saqlanib qolgan. Arkda xon va amaldorlarning uy joylari, davlat idoralari bilan bir qatorda ko‘rinishxona (salomxona, arzxona), zarbxona, yozgi va qishgi masjid, haram, aslahaxona, o‘q-dori tayyorlanadigan ustaxona, omborxona, oshxona, otxona, zindon va qo‘chqor urushtiradigan maxsus maydon ham bo‘lgan. Ko‘hna ark atamasi shaharda 1832-1838-yillarda yana shunday bir saroy Toshhovli bunyod etilgach qo‘llanila boshlangan. U qurilishi va tuzilishiga ko‘ra shahar ichidagi shaharni eslatadi. Bir tomoni Ichan qal’a devori va boshqa tomonlari maxsus devorlar bilan o‘rab olingan. Arkka faqat bitta yo‘ldan sharqiy darvozadan kiriladi. Uning hududi 1 gektardan ziyodroq maydonni egallab, to‘rtburchak shaklda (123x93 metr) qurilgan bo‘lib, baland qalin devor bilan o‘ralgan. Ko‘hna ark katta-kichik to‘rtta hovlidan tashkil topgan. Ko‘hna Arkning g‘arbiy qismidagi Oq Shayx bobo ko‘shki, rivoyatlarga ko‘ra, XIV asrda yashab o‘tgan Shayx Muxtor Valining qadamjosi bo‘lgan. Aytishlaricha, bu ko‘shkda oq yaktak kiygan mo‘ysafid chol yashagan ekan. Shuning uchun bu tepalik Oq Shayx bobo nomi bilan atalgan ekan. Aslida, bu tepalik  xon saroyining kuzatuv joyi bo‘lib, undan shahar atrofi yaqqol ko‘rinib turadi. Manzili: Xiva shahri, “Ichan-qal’a” MFY, A.Boltayev ko‘chasi

Fevral 27, 2026