📜 Tarix & MerosBu sahifada
3/2/2026
Azaldan ilm-fan bilan shug‘ullanishni o‘zlariga kasb qilib olgan xorazmliklar XVIII asr boshida markaz Xiva shahrida yana bir Akademiyani tashkil etishni maqsad qilgan edilar. 1720 yilda Xiva hukmdori Sherg‘oziy Muhammad Bahodirxon tomonidan qurilgan bu madrasa «Maskani fozilon»-Olimlar uyi deb nom oldi. «Maskani fozilon» Markaziy Osiyo va uning atrofidagi mamlakatlardan kelgan talabalarga ta’lim berdi. Bu madrasada zamonasining buyuk allomalari faoliyat yurgizdilar. Tarixiy manbalarning ma’lumot berishicha, XIX asr oxirida unda Muhammad Ya’qub oxund eshon, Husain oxund eshon, Muhammad Raf’i oxund eshon, Ortuq oxund eshon kabi mudarris olimlar bo‘lg‘usi fan yetakchilariga saboq berganlar, kutubxonachi, sartarosh, farrosh va suvchi lavozimidagi kishilar talabalarning xizmatida bo‘lgan.
Manzili: Xiva shahri, “Ichan-qal’a” MFY, Pahlavon Mahmud ko‘chasi