📜 Tarix & MerosBu sahifada
3/2/2026
Pahlavon Mahmud maqbarasi asosan XIV-asrda kichik go‘rxona shaklida qurilgan bo‘lib unda o‘z davrining katta “Piri” - Pahlavon Mahmud (1247-1326) jasadi ko‘milgan. Maqbara vaqt o‘tishi bilan ko‘pgina xuk mdorlar tomonidan aziz sanalib obod qilingan.Tarixiy manbalarda maqbaraga Amir Temur tomonidan eshik o‘rnatilgani yoziladi. Maqbara ichida Abulg‘ozixon, Anushaxon va Arangxonlarning qabri borligi ular xukmdorlik qilgan davrlarida ham shoir qabri obod bo‘lganligidan dalolat beradi.1701-1702 yillarda Xiva xoni Shoniyozxon maqbarani yangidan quradi, bu davrdan bizga maqbaraga kiraverishdagi eshik yodgor qolgan. Eshikdagi yozuvlardan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, unda qur’on oyati, hadis va she’riy tarixlar bitilgan, turunch, madohil va boshqa islimiy gullar bilan bezatilgan. Hozirgi maqbara Muhammad Rahimxon-I (1806-1825 ) tomonidan 1810 yilda Qo‘ng‘irot shahriga qilingan muvaffaqiyatli yurishdan so‘ng qurila boshlagan va uning o‘g‘li Ollaqulixon davrida qurib bitkazilgan. Maqbara 3 ta qismdan iborat. Qabrxona, Xonaqo va Yo‘lak. Manzili: Xiva shahri, “Ichan-qal’a” MFY, Pahlavon Maxmud ko‘chasi