buxara

🕌 Buyuk Ipak Yo‘li bo‘ylab tarixiy sarguzashtlar

star

1 Sharhlar

7 Kunlar / 6 Tunlar
Econom

Joylar qolgan:

180 USD Dan

Business

Joylar qolgan:

275 USD Dan

Premium

Joylar qolgan:

360 USD Dan

~ 2520 USD

7 Kun / 6 Tun

Tur tavsifi

Kichik va katta guruhlar uchun mo‘ljallangan (8+ kishi)

Klassik tur

📆 7 kun / 6 kecha | Toshkent – Samarqand – Buxoro – Xiva – Toshkent

🧭 Sharq yuragiga unutilmas sayohatga tayyormisiz?

Ming yillik tarix nafasi, ipak yo‘lining afsonaviy shovqini, moviy gumbazlar jilosi va qadimiy shaharlarning sehrli ko‘chalarida yurishni tasavvur qiling. Endi esa tasavvur emas — bu sizning navbatdagi sarguzashtingiz!

Yo‘nalishlar:

📍Toshkent 📍Samarqand 📍Buxoro 📍Xiva

🎒 Turpaketga nimalar kiradi?

  • 🛏 Qulay mehmonxonalar

  • 🍽 Ovqatlanish

  • 🚌 Ichki transport

  • 🧑‍🏫 Professional gidlar

  • 🎟 Tarixiy obidalar chiptalari

  • 📱 Sim karta / e-SIM yoki Wi-Fi router

  • 🎁 Suvenir va esdalik sovg‘alari mavjud.

  • 📸 Fotosessiyalar, gastro-turlar, master-klasslar va hokazolar maxsus so’rov asosida tashkil etiladi (biznes/premium ta'riflar uchun).

  • 🛬 Aeroportda kutib olish va kuzatib qo‘yish.

  • 📜 Maxsus sertifikat — UBAY AVIA-TRAVELS LLC tomonidan taqdim etilgan maxsus belgili ismingiz yozilgan peyjik taqdim etiladi.

    ✨ Nega biz bilan?

  • ✔️ Har bir detal oldindan rejalashtirilgan.

  • ✔️ Yashirin xarajatlar yo‘q.

  • ✔️ Har kuni yangi taassurot.

  • ✔️ Siz faqat zavqlanasiz, qolganini biz hal qilamiz.

  • ✔️ Har bir sayohatingiz tarixga muhrlanadi.

    ⚠️ Muhim ma’lumotlar

    Ichki transferlar va chipta zaxiralari haqida

    Mehmon uylari yoki yulduzsiz oddiy turar joylar

    - 3-4★ mehmonxonalar, apartamentlar yoki kichik villalar

    - 5★ yoki butik mehmonxonalar, lux apartamentlar, villalar yoki yakka uylar va shunga o’xshash turar joy foydalanish muassalari, ichki parvozlar, tezyurar poyezd va avtobus chiptalari soni cheklangan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, chiptalarni oldindan band qilish majburiy hisoblanadi.

    - Mijozdan oldingi so‘rov asosida chipta va transferlar mavjudligi tekshiriladi hamda zaxiralari tasdiqlanadi. Agar belgilangan vaqtda chipta yoki transfer joylari tugab qolgan bo‘lsa, sayohat tashkilotchisi sizga alternativ transport vositalari yoki boshqa yo‘nalishlar taklif qilishi mumkin.

    - Qo‘shimcha so‘rov bo‘yicha chipta zaxiralari va imkoniyatlarini tekshirish hamda sug‘urtalash xizmati taqdim etilishi mumkin. Bu xizmatlar qo‘shimcha to‘lov asosida amalga oshiriladi.

    - Sayohatni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun, iltimos, transfer va chipta so‘rovlarini imkon qadar erta taqdim etishingizni tavsiya qilamiz.

    P.S: Yakka xonada turish: +250$ (1 kunlik). Hatto bir kishi ishtirok etganda ham sayohat amalga oshirilishi kafolatlangan

    💡 Izohlar:

    1. Narxlar tahminiy bo‘lib, mavsum va real vaqt sharoitiga qarab o‘zgarishi mumkin.

    2. Qo‘shimcha xizmatlar (VIP transfer, shaxsiy oshpaz, maxsus fotosessiya) faqat Business va Premium tariflarida mavjud bo‘lib, ular qo‘shimcha so‘rov asosida taqdim etiladi.

    3. Econom tarifda ko‘plab xizmatlar minimal variantda taqdim etiladi.

    📣 O‘zbekiston sizni quchoq ochib kutmoqda!

    Bu safar — nafaqat yo‘l, balki qalbingizga yoziladigan tarix bo‘ladi.

    Bugun ro‘yxatdan o‘ting — sarguzashtingiz shu yerda boshlanadi!🌍✈️

Marshrut

1 kun

📅 1-kun: Toshkent — Kelish va dam olish kuniarrow

✈️ Aeroportda kutib olish va mehmonxonaga yetkazish.

  • Haydovchi aeroportda kutib oladi va mehmonxonaga olib boradi.

  • Mehmonxona ro‘yxatdan o‘tish va xonaga joylashish: soat 14:00 dan keyin rasmiy boshlanadi.

  • Mehmonxona xonasidan chiqish (check-out) vaqti: soat 12:00 gacha.

📅 1-kun: Toshkent — Kelish va dam olish kuni
2 kun

📅 2-kun: Toshkent — Samarqandarrow

🚄 Tezyurar poyezdda Samarqand sari yo‘l olasiz. Moviy gumbazlar shahri sizni kutmoqda! Registon maydoni, Shohi Zinda majmuasi va Amir Temur maqbarasi sizni tarixiy sayohatga chorlaydi.

📅 2-kun: Toshkent — Samarqand
3 kun

📅 3-kun: Samarqand — Buxoroarrow

🚌 Samarqanddan qadimiy Buxoroga yo‘l. Yo‘lda go‘zal manzaralar, kelgach esa Labi Hovuz, Ark qal’asi va qadimiy madrasalarning sokin muhitida sayr.

📅 3-kun: Samarqand — Buxoro
4 kun

📅 4-kun: Buxoro — To‘liq kunlik ekskursiyaarrow

🏛 Qadimiy shahar yuragida tarix nafasini his eting: Ismoil Somoniy maqbarasi, Minorayi Kalon va eski bozorlarda sayohat. O‘ziga xos sharqona kayfiyat sizni sehrlaydi.

📅 4-kun: Buxoro — To‘liq kunlik ekskursiya
5 kun

📅 5-kun: Buxoro — Xivaarrow

🚐 Sariq cho‘llar orqali Xivaga yo‘l. Kechga yaqin “ochiq osmon ostidagi muzey”ga yetib borasiz. O‘rta asr devorlari va tor ko‘chalarda kechqurun sayri.

📅 5-kun: Buxoro — Xiva
6 kun

📅 6-kun: Xiva — To‘liq kunlik ekskursiyaarrow

🕌 Ichan-Qal’a, Juma masjidi, xon saroylari va qadimiy minoralar bilan to‘la kun. Shaharning har burchagida ming yillik tarix sizga shivirlaydi.

📅 6-kun: Xiva — To‘liq kunlik ekskursiya
7 kun

📅 7-kun: Xiva — Toshkentga qaytisharrow

✈️ Aeroportga transfer va Toshkentga parvoz. Xotiralarga boy safaringiz yakunlanadi. Yangi taassurotlar, yorqin lahzalar va unutilmas sarguzashtlar qalbingizda qoladi.

📅 7-kun: Xiva — Toshkentga qaytish

Turargoh

Qulaylik

Ajoyib qulayliklarga ega maxsus joylar

Garnet Mir Hotel

Toshkent, Bog‘tepa 4-tor ko‘chasi

Garnet Mir Hotel
Garnet Mir Hotel

Al Anvar Hotel-Toshkent shahrida joylashgan mehmonxona. Unda fitnes markazi, terassa, restoran va bar mavjud. Mehmonlar yopiq basseyn va velosiped ijarasidan foydalanishlari mumkin. Mehmonlar 24 soatlik qabulxona xodimlariga murojaat qilishlari, aeroportdan kelish va aeroportga eltish yoki oziq-ovqat va ichimliklar yetkazib berishdan foydalanishlari va mehmonxona butun hududi bo'ylab bepul Wi-fi tarmog'iga ulanishlari mumkin. Barcha xonalarda stol, muzlatgich va choynak, dush va bepul hojatxona jihozlari mavjud. Boshqa qulayliklar qatorida konditsioner va sun'iy yo'ldosh kanallari bilan tekis ekranli televizor mavjud. Ba'zi xonalarda mikroto'lqinli pechli oshxona mavjud. Al Anvar mehmonxonasi mehmonlariga choyshab va sochiqlar taqdim etiladi. Har kuni mehmonlarga nonushta bufeti, alakart nonushta yoki kontinental nonushta taklif etiladi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti 4 km uzoqlikda joylashgan.

Tur shartlari

Kelishgan

  • check

    Narx ichida: transport, mehmonxona, ovqatlanish, ekskursiyalar, gid, E-sim va sim karta, kirish chiptalari, transit (ta’rif turiga qarab).

  • check

    Narx tashqarisida: shaxsiy xarajatlar, sug‘urta, viza aviachipta ba boshqa xarajatlar (agar kerak bo‘lsa).

  • check

    Bekor qilish: Ta’rif turiga qarab.

  • check

    Hujjatlar: ID yoki pasport (muddati amal qilishi kerak), viza.

  • check

    Qo‘shimcha: ob-havo yoki boshqa sababli jadval o‘zgarishi mumkin.

  • check

    Sug‘urta: tibbiy sug‘urta tavsiya etiladi.

  • check

    To‘lov tartibi: 100% oldindan to‘lov.

  • check

    Joylar soni: cheklangan, oldindan bron qilish shart.

  • check

    Mas’uliyat: agentlik shaxsiy narsalarning yo‘qolishi uchun javobgar emas.

  • check

    Yosh: kattalar 18+, bolalar uchun alohida narx.

Kerakli ma'lumotlar

📌 Bilish muhim – Iqtisodiyarrow

1. Mehmonxona: 2–3 yulduzli oddiy mehmonxonalar yoki mehmon kutish uylari, nonushta bilan. 2. Ovqatlanish: Faqat nonushta. Tushlik va kechki ovqat — o‘zingiz hisobidan. 3. Transport: Mikroavtobuslar yoki avtobuslar (ba’zida konditsionersiz). Maxsus so’rov asosida transport zakaz qilish. 4. Transfer: Aeroport/vokzalda individual kutib olish va kuzatish. 5. Gid: Maxsus so’rov asosida tajribali o‘zbek/rus ingliz tilidagi gid. 6. Chipta: Asosiy kirish chiptalari narxga kiritilgan. 7. To‘lov: 100% oldindan. Visa, Mastercard, UnionPay, Uzcard, Humo. 8. Bekor qilish: Operatorga murojaat qiling. 9. Tavsiyalar: Qulay oyoq kiyim, bosh kiyim, ryugzak olib keling. 10. Xavfsizlik: O‘zbekiston xavfsiz. Shaxsiy buyumlaringizga e’tiborli bo‘ling.

📌 Bilish muhim — Biznesarrow

1. Mehmonxona: 3–4 yulduzli qulay mehmonxonalar, nonushta bilan. 2. Ovqatlanish: Har kuni tushlik yoki kechki ovqat (tarifga qarab). O’zbek milliy taomlar. 3. Transport: Shinam va qulay avtotransport, temiryo’l poyezdi va mikroavtobuslar. Maxsus so’rov asosida avtotransport (haydovchisi bilan) buyurtma qilish. (Qo’shimcha to’lov talab qilinadi.) 4. Transfer: Aeroport/vokzalda individual kutib olish va kuzatish. 5. Gid: Tajribali o‘zbek/rus ingliz tilidagi gid. 6. Chipta: Barcha kirish chiptalari narxga kiritilgan. 7. To‘lov: 100% oldindan. Visa, Mastercard, UnionPay, Uzcard, Humo. 8. Bekor qilish: Operatorga murojaat qiling. 9. Tavsiyalar: Qulay oyoq kiyim, bosh kiyim, ryugzak olib keling. 10. Xavfsizlik: 24/7 yordam. Tibbiy sug‘urta tavsiya qilinadi.

📌 Bilish muhim — Premiumarrow

1. Mehmonxona: 4–5 yulduzli yuqori darajadagi mehmonxonalar. 2. Ovqatlanish: Har kuni tushlik va kechki ovqat. O'zbekiston milliy taomlari. 3. Transport: Maxsus avtotransport (haydovchisi bilan), avia va temiryo'l. Yuqori comfort qulaylik. 4. Transfer: Aeroport/vokzalda individual kutib olish va kuzatish. 5. Gid: Shaxsiy yoki kichik guruh gid, til tanlovi mavjud. 6. Chipta: Barcha to‘lovli ob’ektlarga chiptalar kiritilgan. 7. To‘lov: 100% oldindan. Visa, Mastercard, UnionPay, Uzcard, Humo. 8. Bekor qilish: Operatorga murojaat qiling. 9. Tavsiyalar: Sayohat qulayligi uchun maxsus ro‘yxat beriladi. 10. Xavfsizlik: 24/7 aloqada turuvchi yordam guruhi va tibbiy sug‘urta tavsiya qilinadi.

Sharhlar

Izohlar yo'q